SEARCH DATABASE
The Global Gender Equality Constitutional Database is a repository of gender equality related provisions in 194 constitutions from around the world. The Database was updated in partnership with the International Bar Association's Human Rights Institute (IBAHRI) and with support from the Swedish International Development Agency (SIDA) and the Government of Japan. Experience its wealth and depth of information by starting your search now.
Obligations of the State
- English
The Republic of Uzbekistan shall recognize and guarantee human rights and freedoms in accordance with the generally recognized norms of international law and in accordance with this Constitution. Everyone shall enjoy human rights and freedoms from birth.
All citizens of the Republic of Uzbekistan shall have equal rights and freedoms, and shall be equal before the law, without discrimination by sex, race, nationality, language, religion, social origin, convictions and social status.
Any privileges shall be granted solely by the law and must conform to the principles of social justice. (Art. 19) - Uzbek
O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. (19-modda)
Obligations of the State
- English
None of the provisions of the present Constitution may be interpreted in a way detrimental to the rights and interests of the Republic of Uzbekistan and the basic principles and norms stipulated in section one of this Constitution.
… (Art. 16) - Uzbek
Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
... (16-modda)
Obligations of the State
- English
Democracy in the Republic of Uzbekistan shall rest on the principles common to all mankind, according to which the ultimate value is the human being, his life, freedom, honor, dignity and other inalienable rights.
Democratic rights and freedoms shall be protected by the Constitution and the laws. (Art. 13) - Uzbek
O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. (13-modda)
Obligations of the State
- English
We, united people of Uzbekistan:
solemnly declaring our adherence to human rights and freedoms, national and universal values, principles of state sovereignty,
… (Preamble) - Uzbek
Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi,
inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib,
… (Muqaddima)
Obligations of the State
- English
The President of the Republic of Uzbekistan shall:
1) guarantee observance of rights and freedoms of citizens,
… (Art. 109) - Uzbek
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, ... rioya etilishining, ... kafilidir,
... (109-modda)
Obligations of Private Parties
- EnglishThe exercising of rights and freedoms by a citizen must not encroach on the lawful interests, rights and freedoms of other persons, the state and society. (Art. 20)
- UzbekFuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. (20-modda)
Obligations of Private Parties
- EnglishA citizen of the Republic of Uzbekistan and the state shall be bound by mutual rights and mutual responsibility. … (Art. 19)
- UzbekO‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. … (19-modda)
Obligations of Private Parties
- EnglishCitizens shall be obliged to observe the Constitution and laws, and to respect the rights, freedoms, honour and dignity of others. (Art. 48)
- UzbekFuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. (48-modda)
Judicial Protection
- EnglishEveryone shall be entitled to legally defend their rights and freedoms, and shall have the right to appeal any unlawful action of state bodies, officials and public associations. (Art. 44)
- UzbekHar bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. (44-modda)
Political Rights and Association
- EnglishCitizens of the Republic of Uzbekistan shall have the right to form trade unions, political parties and other public associations, and to participate in mass movements.
No one may infringe on the rights, freedoms and dignity of individuals constituting the minority opposition in political parties, public associations and mass movements, as well as in representative bodies of authority. (Art. 34) - UzbekO‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas. (34-modda)