SEARCH DATABASE
The Global Gender Equality Constitutional Database is a repository of gender equality related provisions in 194 constitutions from around the world. The Database was updated in partnership with the International Bar Association's Human Rights Institute (IBAHRI) and with support from the Swedish International Development Agency (SIDA) and the Government of Japan. Experience its wealth and depth of information by starting your search now.
Obligations of the State
- English
We, united people of Uzbekistan:
solemnly declaring our adherence to human rights and freedoms, national and universal values, principles of state sovereignty,
… (Preamble) - Uzbek
Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi,
inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib,
… (Muqaddima)
Obligations of the State
- English
A citizen of the Republic of Uzbekistan and the state shall be bound by mutual rights and duties.
The human rights and freedoms, established by the Constitution and the laws, shall be inalienable, and no one shall have the right to deprive or limit them without a court decision.
The human rights and freedoms shall be directly applicable. The human rights and freedoms shall determine the essence and content of laws, the activities of state and self-government bodies and their officials.
... (Art. 20) - Uzbek
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqdir.
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.
... (20-modda)
Obligations of the State
- English
The Republic of Uzbekistan shall recognize and guarantee human rights and freedoms in accordance with the generally recognized norms of international law and in accordance with this Constitution. Everyone shall enjoy human rights and freedoms from birth.
All citizens of the Republic of Uzbekistan shall have equal rights and freedoms, and shall be equal before the law, without discrimination by sex, race, nationality, language, religion, social origin, convictions and social status.
Any privileges shall be granted solely by the law and must conform to the principles of social justice. (Art. 19) - Uzbek
O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. (19-modda)
Obligations of Private Parties
- EnglishA citizen of the Republic of Uzbekistan and the state shall be bound by mutual rights and mutual responsibility. … (Art. 19)
- UzbekO‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. … (19-modda)
Obligations of Private Parties
- EnglishCitizens shall be obliged to observe the Constitution and laws, and to respect the rights, freedoms, honour and dignity of others. (Art. 48)
- UzbekFuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. (48-modda)
Obligations of Private Parties
- EnglishThe exercising of rights and freedoms by a citizen must not encroach on the lawful interests, rights and freedoms of other persons, the state and society. (Art. 20)
- UzbekFuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart. (20-modda)
Judicial Protection
- EnglishEveryone shall be entitled to legally defend their rights and freedoms, and shall have the right to appeal any unlawful action of state bodies, officials and public associations. (Art. 44)
- UzbekHar bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. (44-modda)
Political Rights and Association
- EnglishCitizens of the Republic of Uzbekistan shall have the right to participate in the management of public and state affairs, both directly and through representatives. Such participation shall be exercised by way of self-administration, holding referendums and the democratic formation of state bodies, as well as by way of the development and enhancement of public control over the activity of state bodies. … (Art. 32)
- UzbekO‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. … (32-modda)
Political Rights and Association
- EnglishCitizens of the Republic of Uzbekistan shall have the right to elect and be elected to the representative bodies of state authority. Every elector shall have one vote. The right to vote, equality and freedom of expression of will shall be guaranteed by law.
... All citizens of the Republic of Uzbekistan who have reached eighteen years of age shall have the right to vote.
... Citizens, who have been legally certified as mentally unfit, as well as persons in prisons, may neither elect nor be elected. Any other direct or indirect infringement on citizens’ voting rights shall be inadmissible. … (Art. 117) - UzbekO‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
... O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
... Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. ... (117-modda)
Political Rights and Association
- EnglishThe state shall safeguard the rights and lawful interests of public associations, and provide them with equal legal possibilities for participating in public life.
Interference by state bodies and officials in the activity of public associations, as well as interference by public associations in the activity of state bodies and officials, shall be impermissible. (Art. 58) - UzbekDavlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. (58-modda)