SEARCH DATABASE
The Global Gender Equality Constitutional Database is a repository of gender equality related provisions in 194 constitutions from around the world. The Database was updated in partnership with the International Bar Association's Human Rights Institute (IBAHRI) and with support from the Swedish International Development Agency (SIDA) and the Government of Japan. Experience its wealth and depth of information by starting your search now.
Obligations of the State
- English
None of the provisions of the present Constitution may be interpreted in a way detrimental to the rights and interests of the Republic of Uzbekistan and the basic principles and norms stipulated in section one of this Constitution.
… (Art. 16) - Uzbek
Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
... (16-modda)
Obligations of Private Parties
- English
Citizens shall be obliged to observe the Constitution and laws, and to respect the rights, freedoms, honour and dignity of others. (Art. 60)
- Uzbek
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. (60-modda)
Obligations of Private Parties
- English
…
The exercise of rights and freedoms by a person must not encroach on the lawful interests, rights and freedoms of other persons, the state or society.
… (Art. 21) - Uzbek
...
Inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.
... (21-modda)
Obligations of Private Parties
- English
A citizen of the Republic of Uzbekistan and the state shall be bound by mutual rights and duties.
… (Art. 20) - Uzbek
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqdir.
... (20-modda)
Judicial Protection
- English
Everyone shall have the right to defend his/her rights and freedoms by all means not prohibited by law.
Everyone shall be entitled to legally defend his/her rights and freedoms, and shall have the right to appeal any unlawful decisions, acts and omissions of State bodies and other organizations, their officials.
Everyone shall be guaranteed the right to have his/her case examined by a competent, independent and impartial court within the time limits established by law in order to have his or her rights and freedoms restored.
Everyone shall have the right, in accordance with the legislation and international treaties of the Republic of Uzbekistan, to apply to international bodies for the protection of human rights and freedoms if all available domestic remedies have been exhausted.
Everyone shall have the right to compensation by the State for damage caused by unlawful decisions, acts or omissions of State bodies or their officials. (Art. 55) - Uzbek
Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.
Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.
Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega. (55-modda)
National Human Rights Bodies
- English
National human rights institutions shall supplement the existing forms and means of protecting human rights and freedoms, promote the development of civil society and enhance the culture of human rights.
The State shall create conditions for organising the activity of national institutions of human rights. (Art. 56) - Uzbek
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi.
Davlat inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi. (56-modda)
Political Rights and Association
- English
Citizens of the Republic of Uzbekistan shall have the right to elect and be elected to the representative bodies of state authority. Every elector shall have one vote. The right to vote, equality and freedom of expression of will shall be guaranteed by law.
...
... Citizens of the Republic of Uzbekistan who have reached the age of eighteen have the right to vote.
… (Art. 128) - Uzbek
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
...
... O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga ega.
... (128-modda)
Political Rights and Association
- English
The state shall safeguard the rights and lawful interests of non-governmental non-profit organizations, and provide them with equal legal possibilities for participating in public life.
Interference by state bodies and officials in the activity of non-governmental non-profit organizations, as well as interference by non-governmental non-profit organizations in the activities of state bodies and officials, shall be impermissible. (Art. 72) - Uzbek
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. (72-modda)
Political Rights and Association
- English
Citizens of the Republic of Uzbekistan shall have the right to form trade unions, political parties and any other public associations, and to participate in mass movements.
No one may infringe on the rights, freedoms and dignity of the individuals, constituting the minority opposition in political parties, public associations and mass movements, as well as in representative bodies of authority. (Art. 39) - Uzbek
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas. (39-modda)
Political Rights and Association
- English
In the Republic of Uzbekistan, public associations are recognized as trade unions, political parties, scientific societies, women’s, veterans’ and youth leagues and persons with disabilities, professional associations, mass movements and other organizations of citizens.
... (Art. 70) - Uzbek
O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.
... (70-modda)